Qoraqalpogʻiston Respublikasida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida baʻzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 4-9° iliq boʻladi.

Poytaxtimizda yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-8° iliq boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʻzi joylarda kuchli boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor. Baʻzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq boʻladi.