Tojikiston Jahon bankiga Rog'un GESini moliyalashtirishni taklif qildi

    Tojikiston Jahon bankiga Rog'un GESi qurilishini moliyalashtirishni taklif qildi, deb xabar berdi Respublika Milliy banki matbuot bo'limi.

    Tojikiston Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Hokim Xoliqzoda boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda Jahon bankining operatsiyalar bo'yicha direktori Anna Byerde bilan muzokaralar o'tkazdi.

    Milliy bankning qayd etishicha, Tojikiston uchun mamlakatda yirik strategik inshoot – Rog'un GESi qurilishining qo'llab-quvvatlashi masalasi nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

    Vaxsh daryosida qurilayotgan GES har biri 600 megavatt quvvatga ega olti blokdan iborat. Rog'un GESi ishga tushirilgach, mintaqadagi eng yirik GESga aylanadi. Suv omboridagi umumiy suv hajmi 13,3 kub kilometrni tashkil qiladi. U 15-17 yil ichida to'ldirilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi mir24.tv.