“Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksga va Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar COVID-19 kasalligi tarqalishining oldini olish va odamlarning sogʻligini yaxshilash, shuningdek, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoidalarni, shu jumladan, karantinni cheklovchi choralar talablarini buzgan odamlar uchun moʻljallangan”, – deydi Tojikiston Milliy axborot agentligi “Xovar”.
Tasdiqlangan oʻzgartirishlarga koʻra, jamoat joylarida himoya niqobini kiymagan fuqarolar 116 somoniydan (11,6 AQSH dollar) 290 somoniygacha (29 dollar) jarimaga tortiladi.
OAV orqali pandemiya toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumot tarqatganlik uchun jismoniy shaxslarga 580 somoniydan (58 dollarga yaqin) va yuridik shaxslarga 11,6 ming somoniygacha (1160 dollar) jarima solinadi.
Oʻzgartirishlar davlat ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Soʻnggi bir kun ichida Tojikistonda COVID-19 ning 50 ta yangi holati rasmiy ravishda qayd etildi. 3-iyulga kelib, mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlar soni 6108 kishiga yetdi. Shundan 4762 kishi (77,9 %) davolandi, 52 nafar bemor vafot etdi.