Birdaniga 15 ta holat aniqlangan: 10 ta holat respublikaning Sug‘d viloyatida aniqlangan bo‘lsa, 5 ta holat poytaxt – Dushanbe shahrida qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda Tojikistonda 2 ming kishi nazorat ostiga olingan.
Ma'’umot uchun: Tojikiston koronavirus aniqlanmagan kam sonli davlatlardan biri edi. Mamlakatda muntazam ravishda koronavirusni aniqlash bo‘yicha testlar o‘tkazib kelinayotgan, respublikaga chet eldan kelayotgan fuqarolar 14 kunlik karantinga olinayotgan edi.