Tadbirda Tojikiston Milliy universiteti, Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston pedagogika universiteti, Rus-Tojik (Slavyan) universiteti va boshqa oliy taʼlim maskanlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.

Talabalarga Yangi Oʻzbekiston yoshlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va Uchinchi Renesans bunyod etish istiqbollari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Yoshlarga Oʻzbekistondagi boʻlayotgan oʻzgarishlar, yoshlarga chet el taʼlim muassasalarida oʻqish, malaka oshirish, xalqaro sport va boshqa musobaqalar, tanlovlar, olimpiadalarda Oʻzbekiston nomidan ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi aytildi.

Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi. Ularga elchixona fondidan kitoblar sovgʻa qilindi.

Anjuman yakunida “Oʻzbekistonni kim yaxshi biladi?” mavzusida navbatdagi davra suhbati hamda Tojikiston oliy bilim yurtlarida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazishga kelishib olindi.