Qurʼa natijasiga ko‘ra, hamyurtimiz Tokio-2020ning ilk davrasida hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kortga chiqadi.
Mazkur qarama-qarshilik g‘olibi esa ikkinchi davrada rossiyalik Daniil Medvedev hamda qozog‘istonlik Aleksandr Bublik o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Maʼlumot uchun, Denis ayni paytda dunyo reytingida 197-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Sumit Nagal esa 160-pog‘onadan joy olgan.