Dastlab, Tokio Olimpiadasi 2020-yil 24-iyuldan 9-avgustgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli tanlov bir yilga qoldirildi. Shu bilan birga, “Tokio 2020” oʻyinlari nomi saqlanib qoldi.

Televideniyega bergan intervyusida Mori taʼkidlashicha, hozirda bu boʻyicha bir fikrga kelingani yoʻq, agar bu yagona chora boʻlsa, tashkiliy qoʻmita “bu haqda oʻylashi kerak”. Shu bilan birga, u, bu holatda “Oʻyinlarni bekor qilish mumkin"ligini taʼkidladi.

Infeksiya tarqalishining oldini olish uchun tomoshabinlar sonini qisqartirish rejasi haqida ham gapirib, Mori bu vazifa muayyan mezonlarni ishlab chiqishni talab qilishini taʼkidladi.
Misol sifatida u sport inshootlariga faqat Yaponiyada doimiy istiqomat qiluvchilargina qabul qilinishi mumkin boʻlgan variantni keltirdi.

Avvalroq, Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yesixide Suga COVID-19 ga qarshi vaksinani ishlab chiqishdagi muvaffaqiyat kelgusi yil Tokioda Yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini oʻtkazish uchun shart emasligini aytgandi.