«Bizning oldimizda taxminan 2021 yil mart oyigacha jamoa tarkibini aniqlab olish vazifasi turibdi. ehtimol, xuddi shu paytda tashkiliy qo'mita koronavirus holati bilan bog'liq Olimpiadani o'tkazish masalasi bo'yicha aniq bir to'xtamga kelib qolar», deb xabar bermoqda TASS agentligi Tosiaki endo so'ziga asoslanib. «O'yinlarni bekor qilish to'g'risida gapirishga hali erta», ta'kidlaydi u.

YAponiyaning "Iomiuri" gazetasi xabariga ko'ra, mamlakat hukumati Olimpiadani to'laqonli formatda o'tkazishni maqsad qilgan edi, biroq koronavirus bilan bog'liq mushkul vaziyatning davom etishi ularni O'yinlarni o'tkazishni soddalashtirilgan variantini ko'rib chiqishga majbur qildi. Nashr manbalari ma'lumotlariga ko'ra, Olimpiya o'yinlarining ochilish va yopilish tantanali marosimlarida qatnashuvchilar soni qisqarishi mumkin. SHuningdek, stadionlardagi muxlislar soni ham cheklanadi.

YAponiya tomoni nafaqat sportchilar va jamoa a'zolarini, balki barcha tomshabinlarni ham koronavirusga qarshi majburiy testdan o'tkazish variantini ko'rib chiqmoqda. Sportchilarga ular joylashgan Olimpiya qishlog'idan tashqarida harakatlanish ta'qiqlanishi mumkin.

eslatib o'tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha o'tkazilishi kerak edi. Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga qoldirildi va 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o'tkaziladigan bo'ldi.