Unda Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari Yaponiyaga yoʻl olishdan kamida 72 soat oldin test topshirishlari zarur ekanligi koʻrsatilgan. Olimpiadada boʻlgan paytlari esa eng kamida uch marta test topshirishlari kerak boʻladi. Shuningdek, Oʻyinlarda rasmiy shaxs qaysi vazifani bajarishiga qarab Olimpiada davomida muntazam test topshirishlari ham talab qilinishi mumkin.

Shuningdek, niqoblardan foydalanishda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga amal qilishga daʼvat qilindi. Oʻyinlar ishtirokchilari Yaponiyada boʻlishlari davomida niqoblari yetarli boʻlishiga ishonch hosil qilishlari kerak, chunki buning uchun ularning oʻzlari masʼuldirlar. Niqoblar eng kamida ikki qatlamli, yaxshisi – uch qatlamli boʻlishi lozim.

Ushbu Qoʻllanma nashrning birinchi tahriri boʻlib, u muntazam ravishda yangilanib borilishi rejalashtirilgan.