Odamlar muzda sirpanib tushish oqibatida jarohat olishgan. 109 nafar odam Tokiodagi kasalxonaga yotqizildi. Kanagava prefekturasida besh kishi og'ir, 34 kishi yengil tan jarohati olgan. Saytama prefekturasida ham 12 kishi yengil tan jarohati olgan.
Yaponiya meteorologiya agentligi hozirda to'qqizta prefekturada kuchli qor yog'ishi haqidagi ogohlantirishni bekor qildi, biroq ayrim hududlarda 6-fevral kuni ertalabgacha qor va yomg'ir yog'di. Tabiiy ofatning jiddiyligi tufayli ayrim poyezdlar past tezlikda harakatlanmoqda, Tokiodagi Xaneda aeroportida 31 ta aviareys bekor qilingan, deb xabar beradi report.az.