Tokioga kuchli to'fon yaqinlashyapti. Olimpiadaning ayrim musobaqalari keyinga surildi

    Shu kunlarda yozgi Olimpiya o'yinlari o'tayotgan Tokioga kuchli to'fon yaqinlashib kelmoqda, deya xabar berdi KYODO NEWS axborot agentligi.

    Xabarda aytilishicha, “Nepartak” to'foni (27 iyul`) seshanba kuni Tinch okeanidan Yaponiyaning sharqi va shimoliy-sharqiga yaqinlashadi.

    Yaponiya Milliy meteorologiya agentligi kuni kecha mamlakatning ayrim qismlarida, jumladan, Olimpiya o'yinlari o'tayotgan Tokioda to'fonlar kutilishi haqida xabar bergan. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, yakshanba kuni tushdan keyin “Nepartak” to'foni shimolga soatiga 15 kilometr tezlikda, so'ng Tokiodan janubiy-sharqqa ham katta tezlikda harakatlanadi.

    To'fon o'rtasida atmosfera bosimi 994 gektopaskalni tashkil etadi va shamol tezligi soatiga 108 kilometrga etadi. To'fon tufayli Yaponiya poytaxtiga uch qavatli uy singari to'lqinlar yopirilishi va jala yog'ishi mumkin.

    Seshanba kuni shamol soatiga 126 kilometrga etishi, shuningdek, Kanto-Koshin hududida, shu jumladan, Tokioda 24 soat davomida 150 millimetrgacha yomg'ir yog'ishi ham kutilmoqda.

    Bunday sharoitda baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun Olimpiadaning akademik eshkak eshish musobaqalari keyinga qoldirildi.