Mamlakatda 12-iyul holatiga kasallikka chalinganlar soni 7721 nafarga yetib, bu butun mamlakatdagi holatlarning uchdan bir qismidan koʻproqni tashkil etayotgan boʻlsada, hukumat muassasalarni yoppasiga yopishni rejalashtirmayapti.
“The Guardian” nashrining yozishicha, shahar rahbariyatida muassasalarni majburan yopishga vakolat yoʻq. Shu bois shahar hokimiyati oʻz ixtiyori bilan faoliyatini toʻxtatib turgan muassasalarga subsidiya toʻlashga vaʼda berdi. Oʻn kun yoki undan ortiq vaqt davomida ishini toʻxtatgan tungi klublar 500 ming iyen olishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Tokioda pandemiya sababli joriy etilgan favqulodda holat 7-apreldan 25-maygacha amal qildi. Soʻngra Yaponiya hukumati cheklovlarni yumshatishga qaror qildi.