Oʻtgan vaqt mobaynida korxona barqaror rivojlanib, mamlakatimiz qurilish sanoatiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Investitsiya loyiha qiymati 60 million dollari boʻlgan mazkur subyektning yillik ishlab chiqarish quvvati 360 ming tonnani tashkil etadi. Rossiya, Avstriya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar oʻrnatilgan korxonada 400dan ortiq surxondaryolik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.

Eʼtiborlisi, korxona ishlab chiqarish faoliyatini toʻliq muqobil energiya, yaʼni koʻmirda amalga oshiradi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan koʻmirning 6 foizi mahalliy, qolgan 94 foizi qoʻshni davlatlar hisobiga toʻgʻri keladi. Yana bir maʼlumot, korxonaning ekologiyaga taʼsirini kamaytirish maqsadida zamonaviy filtrlar oʻrnatilgan. Hozirda bu yerda M-450, M-500 markadagi sement turlari ishlab chiqariladi. Korxonada tayyorlangan mahsulotlardan nafaqat bino va inshootlar qurishda balki neft-gaz, suv xoʻjaligi sohalarida ham keng foydalanilmoqda.

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida OAV vakillariga korxonaning ana shunday oʻziga xos jihatlari xususida batafsil maʼlumot berildi.