Tomorqa daromad manbai

    Agrosektor 4 Yanvar 2021 1475

    Oʻrta Chirchiq tumani “Usmon ota” mahallasida istiqomat qiluvchi 80 yoshli Fozil ota hamda 72 yoshli Atka aya Xoshimovalar oʻz xonadonlaridagi 6 sotix maydonda 2010-yilda 70 tup koʻchatli issiqxona tashkil qilib, nafaqadagi vaqtlarini mazmunli oʻtkazishmoqda.

    Joriy mavsumda issiqxonadan salkam 35 million soʻm daromad ham olishga erishishdi.

    Oʻsha vaqtlarda limon koʻchatlarni Surxondaryodan olib kelib ekkan edik. Issiqxonamizda limonning mahalliy sharoitga moslashtirilgan navini ekib, sifatli, moʻl va muntazam hosil olmoqdamiz. Bu nav boʻyi nisbatan kichikligi va erta hosil bera boshlashi bilan boshqalardan ajralib turadi. Yaxshi parvarish qilinganda har tupidan 300–400 tagacha limon mevasini olmoqdamiz deydi,-Atka aya Xoshimov.

    Hozirda chol-kampir birgalikda issiqxonada limon koʻchatlari orasiga mandarin koʻchatlarini ekib koʻpaytirishmoqda. Bu esa limon mevalarini yana-da shirin tamli boʻlishiga xizmat qiladi deydi,- 80 yoshli Fozil ota Xoshimov.