Xonadon egasi tomorqada 20 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taqiqlangan ekinlarni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi eslatildi.