«Ijtimoiy tarmoqlarda Toʻpolon suv omborida suv chiqayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqaldi. Ushbu holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun 22-iyun kuni soat 08:14larda Toʻpolon suv omboridan chiqayotgan suv keskin koʻtarilgan, Toʻpolon GES suv ombor loyihasi quvvati 400 mln.m.kub, amalda 378,87 mln. m.kubni tashkil etmoqda. Suv tashlamasi rejaviy 70 m.kub.sek. 2022-yil 22-iyun kuni hozirga vaqtda 110 m.kub sek.ni tashkil etmoqda.

Suv omborining mustahkamligiga ziyon yetmagan, ayni vaqtda chiqarilayotgan suv hajmini kamaytirish ishlari olib borilmoqda», deyiladi axborotda.