Foydali model toʻqimachilik sanoatiga, xususan, toʻqimachilik materiallarini yongʻinga qarshi ishlov berish usullariga taalluqlidir.

Quvonarlisi, milliy izlnuvchilarimiz tomonidan yaratilgan usul boshqa analogik usullardan antipirenli tarkibni tekstil asos bilan ancha zichroq bogʻlanishi bilan farqlanadi.

Foydali model vazifasi toʻqimachilik materiallariga yonishdan saqlaydigan, ishlov berilayotgan materialning antipiren tarkibi bilan shimdirilishini sifatli taʼminlaydigan modda bilan ishlov berish usulini ishlab chiqishdan iborat.

Toʻqimachilik materiallarini yongʻinga qarshi xususiyatiga erishish uchun qayta ishlangan materialni yongʻinga qarshi antipirenli tarkib bilan singdirish, yuvish, quritish orqali ishlov beriladi. Shundan soʻng materialga qoʻshimcha tarzda ishqoriy eritma bilan oldindan ishlov beriladi, yuviladi va 80-100°S quritiladi.

Matoga oldindan ishlov berish mato yuzasida mavjud boʻlgan mumsimon moddalarni eritib yuboradi, ular antipirenli tarkibning matoning ichki qismiga kirib borishiga toʻsqinlik qiladi. Shuning uchun matoni qayta chayish ushbu matodagi ortiqcha ishqorlarni yuvib tashlashga imkon beradi, natijada mato tozalanadi. Shu sababli, olovni ushlab turuvchi tarkib mato bilan yaxshi singdiriladi va uning toʻqimachilik bazasi bilan mustahkam bogʻlanishiga erishiladi.

Shu bilan birga, paxta sellyulozasining gidroksil guruhlari yongʻinga qarshi tarkibidagi reaktivlar bilan oʻzaro taʼsir qilish uchun qulay muhitga erishiladi. Oʻzaro taʼsir natijasida olovni ushlab turuvchi moddalar toʻqimachilik materialining tolalari bilan kimyoviy birikadi.

Usul quyidagi tarzda amalga oshiriladi.

Kollagen eritmasini olish uchun hayvon terisining ortiqcha qismlari 3-4 mm kattalikdagi boʻlaklarga boʻlinib, idishga solinadi. 5% li natriy gidroksid eritmasi teriga massa nisbatida idishga quyiladi: -1: 4 eritma. Teri qismlari 72-24 soat davomida gidroksidi eritmasida toʻyintiriladi. Keyin eritma bir hil massa hosil boʻlguncha aralashtiriladi, agar kerak boʻlsa 60 °C haroratgacha qizdiriladi. Eritma 0,05-0,1 mm oʻlchamdagi elakdan oʻtkaziladi. Elakdan oʻtkazilgan eritmaga sirka kislotasi qoʻshilib, pH qiymati: 7 ± 0,2gacha [UZ IAP 05234] neytrallashtiriladi.

Foydali model toʻqimachilik sanoatida qoʻllanishga moʻljallangan.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali model muallifi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga koʻra FAP 01578 raqamli patent berildi.