Xuddi shunday, Oltinsoy tumaning “Mingchinor” mahallasida tuproq yoʻllarga tosh-shagʻal toʻkish, obodonlashtirish, aholini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, aholi daromadlarini oshirish boʻyicha hokim yordamchilari, mahalla raislari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida koʻrgazmali seminar hamda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirga viloyat hokimi Toʻra Bobolov ishtirok etib, tumanda ishlab chiqarilayotgan sanoat, qishloq xoʻjaligi va milliy hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi bilan tanishdi. Shundan soʻng, hokim yordamchilari tomonidan ishlab chiqilgan hududlarni rivojlantirish loyihalari hamda ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Hududlar imkoniyatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda mahalla ahli ishtirokidagi tadbir faol tus oldi.
Zero, bu saʼy-harakatlardan koʻzlangan maqsad odamlarning yashash darajasini oʻzgartirishdan iborat. Bu jarayonda yangidan ish boshlagan hokim yordamchilari hamda mahallada yoshlar yetakchilari katta masʼuliyat talab etiladi, albatta.
Tadbirda «Qisqa vaqtda mingchinorliklar ijobiy oʻzgarishlarni kundalik turmushlarida sezishlari kerak, - dedi viloyat hokimi.
Tadbir doirasida viloyat hokimi aholi bilan yuzma-yuz muloqotda boʻlib, 30 ga yaqin murojaatni tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan boʻlsa, yechimi maʼlum vaqt talab etadigan masalalar boʻyicha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.
Azimbek Samadov,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri