Toʻrt haftada koronavirusdan oʻlim holatlari 39 foizga kamaydi

    Shu yilning 27-fevralidan 26-martigacha dunyo boʻyicha qariyb 3,6 million kishiga koronavirus tashxisi qoʻyildi.

    Ulardan 25 mingdan ziyodi kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumdi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tahliliga koʻra, bir oy ichida bemorlar soni undan avvalgi toʻrt haftaga nisbatan 39 foizga, oʻlim koʻrsatkichi esa 27 foizga kamaygan.

    27-fevral — 26-mart kunlari eng koʻp kasallanish qayd etilgan davlatlar:

    AQSH — 678 ming,
    Rossiya — 333 ming,
    Janubiy Koreya — 270 ming,
    Xitoy — 256 ming,
    Yaponiya — 243 ming nafar.

    Eng koʻp oʻlim holatlari roʻyxatga olingan mamlakatlar:

    AQSH — 7909,
    Buyuk Britaniya — 2719,
    Yaponiya —1519,
    Xitoy — 1230,
    Germaniya —1085 nafar.