Kunning ilk medallar jamlanmasi ayollar oʻrtasida fristaylning big-eyr yoʻnalishida oʻynaldi. Unda Xitoy terma jamoasi fristaylchisi Eylin Gu eng yaxshi natija bilan Olimpiada chempioni boʻldi.
Bu Xitoy fristayli tarixidagi birinchi medal hisoblanadi. Hamyurtimiz Lina Cheryazova 1994-yilgi Lillaxammer Olimpiadasida aynan fristaylda oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.
Big-eyr yoʻnalishida fransiyalik Tess Ledyo kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Shveysariya terma jamoasi vakilasi Matilde Gremo bronza medaliga ega chiqdi.
Fristayl. Big-eyr. Ayollar
1. Eylin Gu (Xitoy) — 188,25.
2. Tess Ledyo (Fransiya) — 187,50.
3. Matilda Gremo (Shveysariya) — 182,50.
Pekinda biroz avval Qishki olimpiya oʻyinlarining toʻrtinchi kungi bahslari boshlandi.