Tumandagi “Koʻna-Toʻrtkoʻl” OFY hududida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 44-son oilaviy poliklinika faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, unga jami 17 241 nafar aholi biriktirilgan. Oilaviy poliklinikada jami 37 nafar tibbiyot xodimlari, shundan 3 nafar shifokrlar aholiga xizmat qilib kelmoqda. Ushbu oilaviy poliklinika 1998-yilda qurilgan boʻlib, 1-smenada 125 nafar fuqarolarni qabul qilish kuvvatiga ega.

Mazkur bino uchun 2021-yilda mahalliy byudjet hisobidan 1 milliard 86 million soʻm mablagʻ ajratilib, “Boʻston-Toʻrtkoʻl” MCHJ tomonidan mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi. Poliklinikaning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar tibbiyot sohasiga berilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlardan minnatdorligini bildirdi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Yangi Oʻzbekiston muxbiri