Harakat jadvaliga koʻra shanba va yakshanba kunlari ertalab soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Samarqand, Navoiy temir yoʻl vokzallarida ham toʻxtab oʻtib, soat 12:47 da Buxoro 1 temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.
Shuningdek, 769-sonli poyezd ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro 1 temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzaliga kirib keladi.
Bugungi kunda qatnovini amalga oshirayotgan “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari esa oʻz harakat jadvali boʻyicha harakatlanadi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati “Oʻztemiryolovchi” AJ maʼlumotiga tayanib.
Shuningdek, xabar orqali qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi eslatiladi.