Mazkur poyezdlar haftada ikki marotaba, yaʼni 64-sonli yoʻlovchi poyezdi haftaning seshanba va juma kunlari Toshkent – Namangan – Andijon yoʻnalishida, 63-sonli yoʻlovchi poyezdi esa haftaning chorshanba va shanba kunlari Andijon – Namangan – Toshkent yoʻnalishida harakatlanadi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

Shuningdek, xabarda qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi maʼlum qilingan.