Uchrashuvda “Wizz Air” aviakompaniyasi tomonidan Oʻzbekistondan Yevropaga va Oʻzbekiston orqali tranzit havo qatnovlari geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Transport vaziri “Wizz Air” aviakompaniyasiga Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish va joriy yil oxirigacha Toshkent – Budapesht – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam reysni tashkil etishni taklif qildi.