Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida harakatlanuvchi mavsumiy avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Qatnovlar “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan Yutong avtobuslarida 2024-yilning 28-dekabridan 2025-yilning 5-yanvar kuniga qadar amalga oshiriladi.

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da joʻnaydi.

Chorvoqdan (Humson) esa 12:00 va 18:00 harakatlanadi.

Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.