Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati maʼlum qildi.
Aviaqatnov Kuala-Lumpurga yetib kelgach, havo kemasi ekipaji tomonidan politsiya xizmati chaqirtirildi. Bortdagi yoʻlovchilarga huquqni muhofaza qilish organlarining chaqirtirilgani eʼlon qilindi.
Ekipaj huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda havo kemasini koʻzdan kechirish boʻyicha tegishli protseduralarni amalga oshirdi, ushbu jarayonda esa barcha buyumlar topildi. Gumon qilingan chet el fuqarolari shu joyning oʻzida ushlangan va vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Malayziya poytaxti politsiya xizmatiga olib ketilgan.
«Aviakompaniyalar yoʻlovchilarning qoʻl yuki uchun javobgar emas. Qimmatbaho buyumlar va pul mablagʻlari har doim oʻzingizda boʻlishi kerak. Bundan tashqari, buyumlaringizni havo kemasi saloniga qatʼiy ravishda oʻrindigʻingiz tepasida yoki oldingizdagi oʻrindiq ostida joylashtirish tavsiya etiladi, deya eslatib oʻtdi aviakompaniya.