Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yoʻlga qoʻyilayotgan qatnovlar yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Poyezd Toshkentdan soat 19:55 da joʻnaydi, oraliq masofa 77 soatni tashkil qiladi va Moskvaga soat 23:12 da yetib boradi.

Poyezd harakat jadvali quyidagicha:

505-sonli “Toshkent — Moskva” yoʻnalishi

24-sentyabr;

2-oktyabr;

10-oktyabr;

26-oktyabr;

2-noyabr;

18-noyabr;

26-noyabr;

4-dekabr;

12-dekabr;

Toshkent 19:55 — Moskva 23:12

506-sonli “Moskva — Toshkent” yoʻnalishi

28-sentyabr;

6-oktyabr;

14-oktyabr;

30-oktyabr;

6-noyabr;

22-noyabr;

30-noyabr;

8-dekabr;

Moskva 5:40 — Toshkent 8:23

Shuningdek, mazkur yoʻnalishga yoʻlovchilar chiptalarni chegirma asosida xarid qilishlari mumkin. Yaʼni reys sanasidan qancha koʻp kun oldin chipta xarid qilinsa, chegirma foizi shuncha yuqoriroq boʻladi.