“Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

    Parvozlar 11-sentyabrdan boshlab chorshanba va shanba kunlari jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

    “Silk Avia” aviakompaniyasi “Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi. Bugun ilk qatnov amalga oshirildi.

    — Toshkentdan joʻnab ketish soat –11:40, Shahrisabzga yetib borish soat –13:10.

    — Shahrisabzdan joʻnab ketish soat –13:50, Toshkentga yetib borish soat –15:50.