4-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:25da Centrum Air milliy aviakompaniyasining beshinchi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Aviakompaniyaning havo parki 180 oʻringa moʻljallangan Airbus 320-200 samolyoti bilan toʻldirildi.

Aviakompaniya o'z samolyotlari parkini ko'paytirish va parvozlar geografiyasini kengaytirishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Xususan, 11 martdan 25 martgacha aviakompaniya yangi: Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Centrum Air — Oʻzbekistonning loukoster aviakompaniyasi boʻlib, u 2023-yil yanvar oyida yoʻlovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan.