Toshkent: daraxt kesgan fuqaro 100 tup koʻchat ekadigan boʻldi

    Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasiga Sergeli tumani, Sergeli 7-mavzesida daraxtga shikast yetkazilganligi boʻyicha murojaat kelib tushdi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Murojaatga asosan holat oʻrganilganida “Madadkor” MFYda fuqaro Y.U. tomonidan 1 tup daraxt kesilib, oʻsishdan toʻxtash darajasida shikast yetkazilgani maʼlum boʻldi. Natijada tabiatga 8 million 840 ming soʻm zarar yetkazilgan.

    Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Y.U.ga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari 8 million 500 ming soʻm jarima belgilandi. Huquqbuzar jami 17 million 340 ming soʻm tovon toʻlaydigan boʻldi.

    Shuningdek, unga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 464-son qaroriga asosan kesilgan daraxt uchun kompensatsiya tarzida 100 tup koʻchat ekish majburiyati yuklatildi.