Isroil stomatologiya assotsiatsiyasi tomonidan Tel-Aviv shahrida oʻtgan “Raqamli stomatologiya – yangi voqeʼlik” xalqaro konferensiyasida Toshkent davlat stomatologiya instituti delegatsiyasi ishtirok etdi.

Endilikda stomatologiyaning barcha mutaxassisliklarida “Raqamli stomatologiya” yoʻnalishi buyicha amaliy mashgʻulotlar joriy etilib, magistrlik dissertatsiyalari koʻlamida ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkaziladi.

Joriy oʻquv yilidan Toshkent davlat stomatologiya instituti pedagoglari Yevropa, AQSH, Yaponiya va Hindiston kabi mamlakatlar professorlari bilan hamkorlikda maʼruzalar tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.