Bu haqda Prezidentning shu yil 26-noyabr kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilandi.

Yoʻl xaritasiga koʻra, Adliya vazirligi buyurtmachi bilan birgalikda eng maqbul takliflarni tanlash asosida TDYUning zamonaviy kampusini loyihalash va qurish jarayoniga hamda uni moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari, xalqaro, regional va xorijiy banklarning imtiyozli mablagʻlarini hamda xorijiy yirik quruvchi kompaniyalarni jalb etadi (2025-2028-yillar).

TDYUUning Yangi Toshkent hududida barpo etiladigan binosining loyihalari, oʻquv jarayonlarini va amaliy mashgʻulotlarni, ilmiy tadqiqotlarni sifatli tashkil etish doirasida yaratiladigan sharoitlar boʻyicha Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasida taqdimot qilinadi.

Milliy huquq tizimi qadriyatlarini va yuridik kasbga jamiyat eʼtiborini oshirish hamda huquq ustuvorligi prinsiplarini keng singdirish va qonunga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida TDYUUning amaldagi binolarida:

  • TDYUU huzuridagi Oʻzbekiston huquqi tarixi muzeyi;
  • Oʻzbekiston nizolarni hal etish markazi;
  • TDYUU Raqamli huquq markazi;
  • Raqamli sud ekspertiza markazini joylashtiriladi.