Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi
Oʻtkazilgan tadbirda fuqarolar S.R, Z.Q, I.N.lar tomonidan noqonuniy ravishda leskali toʻr yordamida baliq ovlayotgan holat aniqlandi. Huquqbuzarlar koʻzdan kechirilganda ularning yonidan 103 dona jami 54kg boʻlgan oqsila baliq, tovon baliq, zogʻora baliq hamda oq qayroq baliqlari hamda 1dona qayiq va 666 metrli leskali toʻrlar topildi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va tabiatga 34 million soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi.
Noqonuniy baliq ovlash paytida ishlatilgan 1 dona qayiq va leskali toʻrlar vaqtincha saqlash uchun Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi omborxonasiga joylashtirildi. Ushbu holatga qonuniy baho berish uchun hozirgi vaqtda toʻplangan hujjatlar Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani Fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga taqdim etish choralari koʻrilmoqda.