Toshkent IIBB 9—11-yanvar kunlari shamol tezligi 15—20 metr/sekundgacha kuchayishidan ogohlantirdi

    Voqea-hodisalar 9 Yanvar 2023 1972

    Har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bogʻlanishingiz mumkin.

    Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati xabariga koʻra, 9-11-yanvar kunlari respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik boʻladi, baʼzi joylarda shamol tezligi 15.20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    “Sizlardan ehtiyot choralariga rioya qilishingizni, transport vositangizni daraxtlar va temir qurilmalar tagiga qoʻymasligingizni, eshik va derazalarni mustahkam yopishingizni, yosh bolalarni qarovsiz koʻchaga chiqarmasligingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

    Eslatib oʻtamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yogʻingarchiliklar bilan bogʻliq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bogʻlanishingiz mumkin.

    Shuningdek, murojaatingizni Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud.