Toshkent metrocida 9-dekabrdan 16 ta kassa yopiladi

    Toshkent metropolitenida 2025-yil 9-dekabrdan boshlab jami 16 ta kassa faoliyati toʻxtatiladi. Bu choralar toʻlov tizimida shaffoflikni oshirish, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va elektron toʻlovlarni kengaytirish maqsadida koʻrilmoqda.

    Kassalar “Yer ustki halqa yoʻli” yoʻnalishidagi barcha 14 ta bekatda, shuningdek “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlarida yopiladi.

    Ularning oʻrniga yoʻlovchilar uchun zamonaviy QR-kodli chiptalar beruvchi infokioskalar oʻrnatildi.

    Infokioskalar afzalliklari:

    • Naqd pulga bogʻliqlikni kamaytiradi, toʻlov jarayonini yanada shaffof va xavfsiz qiladi;
    • Chipta xarid qilish jarayonini tezlashtiradi va navbatlarni qisqartiradi;
    • QR-kodli chiptani mobil telefon orqali yoki qogʻozga chiqarilgan kvitansiya koʻrinishida qoʻllash imkonini beradi.