Bugun ilk marotaba Toshkent metropoliteni 1 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi, deya xabar beradi “Toshkentmetropoliteni” DUK axborot xizmati.
Shu munosabat bilan metropoliten masʼul xodimlari ishtirokida “Metrodan foydalangan millioninchi yoʻlovchi”ni aniqlash tadbiri oʻtkazildi va unda omadli yoʻlovchi aniqlandi.
Shundan soʻng, ushbu yoʻlovchiga metropoliten esdalik sovgʻasi hamda jamoat transportidan 1-yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport toʻlov kartasi topshirildi.
Qulay, xavfsiz hamda tezkor transport turi hisoblangan metro 1 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsata boshlaganidan mamnun.