Joriy yilning 15-16-oktyabr kunlari avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini amaliyotga joriy etish boʻyicha aholiga kengroq tushuncha berish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ yetakchilar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent metropolitenining 30 ta bekatlari kirish va chiqish yoʻlaklarida 200 nafarga yaqin koʻngilli volontyorlar ishtirokida targʻibot tadbiri tashkil etilmoqda.
Hozirgi kunda Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi bekatlar yoʻl haqqi toʻlovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlandi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.