Yangilangan sxemaga koʻra:
- Yunusobod yoʻli va Halqa yer usti yoʻlida birinchi va oxirgi bekatlar orasidagi oʻrtacha harakat vaqti hamda bekatlar oraligʻida poyezdlar qatnovining oʻrtacha vaqti qayta hisoblandi.
- Shuningdek, metro bekatlari yaqinida joylashgan qoʻshimcha shahar atrofi avtostansiyalari va metro orqali yetib borish mumkin boʻlgan yangi diqqatga sazovor joylar sxemada aks ettirildi.