Mazkur holat yuzasidan Toshkent metropoliteni axborot xizmati mazkur xabarga munosabat bildirdi.

Taʼkidlanishicha, joriy yilning 10-oktyabr sanasida soat 17:12 larda Chilonzor yoʻnalishining milliy bogʻ-Novza peregoni estakasida harakatlanayotgan 29-sonli harakat tarkibida yoʻlovchilar oqimi koʻp boʻlgani bois texnik nosozlik holati kuzatilgan. 

Ushbu harakat tarkibi 12 daqiqa vaqt davomida harakatlana olmagan. Mashinist tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida poyezd harakati qayta yoʻlga qoʻyilgan.

Hozirgi vaqtda yoʻnalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda.