Toshkent metropoliteni yer usti halqa yoʻlining II bosqichidagi Qoʻyliqdan Quruvchilar dahasigacha boʻlgan 5 ta metro bekatida poyezdlarning sinov tariqasidagi harakati oʻz yakuniga yetkazilmoqda.
“Ushbu yangi bekatlarni I bosqichda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan oʻzaro bogʻlash maqsadida, joriy yilning 19-aprel sanasida yer usti halqa yoʻlining 7-bekatida (Qoʻyliq) poyezdlar harakati toʻxtatiladi”, deyiladi Toshkent metropoliteni axborot xizmati xabarida.
Shu kunda poyezdlar harakati “Doʻstlik-2” – "6-bekat oraligʻida tashkil etiladi. Shuningdek, yoʻlovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qoʻshimcha avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi.