Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, shu yilning 27-oktyabr, yakshanba kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari” saylovi boʻlib oʻtishi munosabati bilan Toshkent metropolitenining barcha bekatlari soat 05:00 dan ish faoliyati boshlanishini yana bir bor eslatib oʻtamiz.
Shuningdek, bu kunda yoʻnalishlarda poyezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkillashtiriladi.