Toshkent metrosi uchun 12 ta vagon olib kelindi

    Poytaxt metrosi uchun 31-dekabr kuni 3 ta yangi harakat tarkibi — 12 ta metro vagoni olib kelindi.

    Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.

    Maʼlumki, Toshkent metropoliteni dekabr oyida ilk marotaba bir kunda million nafardan ortiq yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatgan edi.

    "Metropolitan foydalanuvchilarining koʻpayib borishi oʻz navbatida xizmat koʻrsatish sifatida taʼsir qilayotgan, tiqilinch va noqulaylik ortib borayotgan edi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida 3 ta yangi harakat tarkiblari (12 ta metro vagoni) metro vagon parkiga olib kelindi", deyiladi xabarda.

    Ushbu harakat tarkiblari belgilan yoʻriqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan oʻtkazilib, soʻngra yoʻlovchilarga xizmat qilishi yoʻlga qoʻyiladi.