Toshkent metrosida ayol elektropoyezd haydovchilari ish boshladi

    Ayni paytda ayol mashinistlar elektropoyezdlarni murabbiylari nazorati ostida boshqarmoqda.

    Toshkent metrosida ilk bor ayol elektropoyezd haydovchilari paydo boʻldi, deya xabar beradi Rossiyaning “MIR” telekanali oʻzining video lavhasida.

    Qayd etilishicha, ayni paytda ayol mashinistlar elektropoyezdlarni murabbiylari nazorati ostida boshqarmoqda, Yaqin kelajakda esa ular tarkiblarni mustaqil ravishda boshqarishni boshlaydi.

    Ayol haydovchilar guruhiga birinchi tanlov oʻtgan yili Prezident topshirigʻi bilan eʼlon qilingan edi. Tanlovdan metropolitenning turli tuzilmalarida ish tajribasiga ega boʻlganlar oʻtdi.

    Suhbat, tibbiy komissiya va psixologik test sinovlaridan soʻng 16 nafar xodim ishga qabul qilindi.

    11 oy davomida qizlar jadal oʻqitildi: poyezdlardan foydalanish qoidalari, ularning texnik tuzilishi, shuningdek, pnevmatik uskunalarning ishlash tamoyillari oʻrganildi.