баннер
26 Apr 2025
06:48

    Toshkent metrosiga yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi

    Bugun Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi toʻrt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi, deya xabar beradi metropoliten matbuot xizmati.

    Taʼkidlanishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilan yoʻriqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan oʻtkazilib, soʻngra yoʻlovchilarga xizmat qilishi yoʻlga qoʻyiladi.

    Shuningdek, yoʻnalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, “Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishi”da harakatga chiqariladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech