Toshkent metrosining 5 ta bekatida qayta tamirlash ishlari boshlandi

    Ushbu taʼmirlash ishlari yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish yuzasidan qilinmoqda.

    Toshkent metrosining shu paytgacha ikkinchi vestibyullari yopiq boʻlgan 5 ta metro bekatining xizmat koʻrsatish faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻrnatilgan tartibda hukumat ruxsati bilan qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlandi.

    Bu haqida metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, ushbu taʼmirlash ishlari yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish yuzasidan qilinmoqda.

    Qurilish ishlari Oʻzbekiston yoʻlining “Oʻzbekiston”, “Mashinasozlar”, “Gʻafur Gʻulom” bekatlari, Chilonzor yoʻlining “Milliy bogʻ” hamda Turkiston yoʻlining “Yunus Rajabiy” bekatida olib boriladi.