Fargʻona yoʻli koʻchasidan “Qoʻyliq” dehqon bozori tomon qurilayottgan yoʻl oʻtkazgichning “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishi 6 va 7-bekatlari oraligʻi yer ustki qismida qolip konstruksiyalarining demontaj va montaj ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan 7-bekat 21-noyabrdan 6-dekabr kuniga qadar oʻz yoʻlovchilariga vaqtincha xizmat koʻrsatmaydi. “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati “Doʻstlik-2” bekati bilan 6-bekat oraligʻida tashkil etiladi, deya xabar beradi Metropoliten axborot xizmati.

Shuningdek, yoʻlovchilar uchun 6 va 7-bekat oraligʻida avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraldi.