баннер
23 Mar 2025
11:26

    Toshkent metrosining Navro‘z munosabati bilan ishlash jadvali e’lon qilindi

    21-23-mart kunlari poyezdlar harakati shanba va yakshanba kunlari uchun belgilangan jadval asosida ish olib boradi.

    Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar qildi. Xabarga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan metro faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

    — 21-22-mart kunlari: poyezdlar harakati shanba kunlari uchun belgilangan jadval asosida amalga oshiriladi;

    — 23-mart: poyezdlar harakati yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech