Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati yoʻlovchilar uchun ochiladi

    Ushbu bekatlar joriy yilning 11-mart sanasidan boshlab ertalabdan odatiy reja asosida yoʻlovchilar uchun xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

    Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yoʻlinig II bosqichi doirasidagi Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlarida belgilangan texnik sinov ishlari olib borilayotgani xususida xabar berilgan edi.

    Mazkur sinov jarayonlari muvaffaqiyatli oʻz yakuniga yetkazildi.

    Ushbu bekatlar joriy yilning 11-mart sanasidan boshlab ertalabdan odatiy reja asosida yoʻlovchilar uchun xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

    Bundan tashqari, yoʻlovchilarga qulay xizmat koʻrsatish uchun metro vagon parklariga soʻngi vaqtlarda 24 ta metro vagoni olib kelingan boʻlsa, bugun yana 12 ta metro vagoni Toshkent shahriga kirib keldi.

    Shuningdek, may oyi soʻngiga qadar yana 20 ta zamonaviy metro vagonlari olib kelish ham rejalashtirilgan.