“Temiryoʻlekspress” kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bayramlar munosabati bilan Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida qoʻshimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi joriy yilning 20, 21, 22, 23, 24, 25, 29, 30, 31-mart va 1-aprel kunlari qoʻshimcha qatnovni amalga oshiradi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi, Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15,
- 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi, Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.