Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralariga rioya etishni tavsiya qilib, ogohlantirish bilan chiqdi.
Hurmatli fuqarolar bugun Toshkent shahri hududida kuchli shamol boʻlishi kutilayotganligi sababli quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qilamiz, — deyiladi xabarda.
Poytaxt FVB tomonidan quyidagi xavfsizlik choralari koʻrish soʻralgan:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
Shuningdek, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya qilgan.